NASA’ning “Yangi ufqlar” zondi yöllagan, Plutonning fotosuratlaridan iborat paket sayyoradagi Yöldoş tekiskligining yuza qismini öta tiniq aks ettirgani bilan diqqatga sazovordir.
Fotografiyada körinayotgan önqir-çönqirlar 16-25 km diametr va 90 m çuqurlikka egadir. Olimlarning fikriça, bu hoşiyalar mitti sayyora yuzasi ostidagi azot muzlarining erişi oqibatida yuzaga keladi. Issiqroq material tepaga kötariladi, söng yana sovub, pastga tuşadi.
“Plutonning bu qismi lavali lampaday işlaydi”, — deydi “Yangi ufqlar” jamoasi a'zolaridan biri Uilyam MakKinnon.
Fotosuratda körinib turgan katta palaxsalar irkit suvdan taşkil topgan aysberglardir.
Tadqiqotçilar bir qança suratlarni birlaştirib, Yöldoş yassiligining 650 km li qismini körsatadigan yaxlit tasvir oldilar. Fotografiya yeçimi 1 pikselga 80 m ni taşkil etadi.
Olimlar, şuningdek, Yöldoş tekisligidan ğarbdagi va Vikinglar yeri deb ataladigan mintaqaning rangli suratiga ega böldilar. Fotografiyada kraterlar disklari hamda qizil ğubor qoplagan joylarni kuzatiş mumkin.
Qizil rang tolin molekulalarining yöqligi bilan tuşuntiriladi; ular Pluton atmosferasidagi metan va azotning Quyoş yoruğligi bilan özaro ta'siri natijasida yuzaga keladi. Tolinlar organik modda bölib, hayotning kimyoviy salaflari hisoblanadi. Plutondan taşqari, tolinlar Titanda, Tritonda hamda Quyoş tizimining boşqa tabiiy yöldoşlari va kometalarida uçraydi.








