Ayni vaqtda FIFAning Tsyurixdagi ştab-kvartirasi hududida "Oltin töp" mukofotini topşiriş marosimi munosabati bilan bölib turgan "Real" jamoasi hujumçisi Kriştianu Ronaldu jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

"Men Messining çap oyoğiga havas qilaman. Uning çap oyoği mening çap oyoğimdan yaxşiroq harakat qiladi. Undan nimadir oliş kerak bölsa, çap oyoğini olgan bölardim", degan u.

U özining "Oltin töp"ni qölga kiritiş uçun qay darajada imkoni borligi haqidagi savollarga javob bergan.

"Leoda ğoliblik uçun köproq imkoniyat bor. Messi yoki Neymarning ğolib çiqişidan hayron bölmayman.

Men bu yerga men uçun ham ovoz berişgani uçun kelganman", deydi Ronaldu.