Tsyurixda bölib ötgan yilning eng yaxşilarini taqdirlaş marosimida «Oltin töp» öz sohibiga topşirilişidan oldin ötgan yilning eng çiroyli goli aniqlandi.
Sörovnoma natijalariga köra, Braziliyaning «Goyanesia» futbol klubi sobiq hujumçisi Uendell Liraning Braziliya çempionati doirasida «Atletiko-GO» darvozasiga urgan goli «Yil goli» sifatida e'lon qilindi.
Ğolibga FIFA tomonidan Ferents Puşkaş mukofoti topşirildi.
Uendell Lira mazkur golni 2015 yilning 11 mart kunida ötgan uçraşuvda qayçi uslubida raqib darvozasiga yöllagan.
Eslatib ötamiz, «Yilning eng yaxşi goli» maqomiga Liraning golidan taşqari, Lionel Messining «Atletik Bilbao» darvozasiga va Rimning «Roma» klubi vakili Alessandro Florentsining «Barselona» darvozasiga urgan gollari ham da'vogarlik qilgandi.
Bu gollarga ovoz beriş jarayonida 1,6 million nafardan ortiq muxlis iştirok etgan. Ularning 46,7 foizi Liraning goli uçun, 33,3 foizi Messining, 7,1 foizi Florentsining goli uçun ovoz bergan.
Lionel Messining «Atletik Bilbao»ga urgan goli
Alessandro Florentsining «Barselona»ga urgan goli






