"Mançester Yunayted" jamoasi boş murabbiyi Lui van Gaal joriy mavsumda jamoasi ötkazgan bir qança öyinlarni tomoşa qila turib zerikib ketganini tan oldi.

Şuningdek, uning aytişiça, jamoa bir qança yorqin öyinlar ham ötkazgan. Gollandiyalik mutaxassis bunday öyinlarga misol sifatida APLning 19 turida 2015 yilning 28 dekabrida "Çelsi"ga qarşi ötkazilgan va 0:0 hisobida yakunlangan uçraşuvni keltirgan.

"Bizda şunday öyinlar böldiki, ulardan haqiqiy zavq oldim. Masalan, menga "Çelsi"ga qarşi keçgan bahs juda yoqqan edi. Biz bu öyinda ğalaba qozonişimiz ham mumkin edi lekin durang bilan kifoyalandik.

Ammo şu bilan birga zerikarli uçraşuvlarimiz ham böldi va bu öyinlar juda jahlimni çiqardi. Heç bir jamoa muntazam ravişda fantastik öyinlar körsata olmaydi. Bu futbol", - deydi murabbiy Goal naşriga.