Kia kompaniyasi uç qator örindiqli ulkan Telluride kontseptual yöltanlamasini namoyiş qildi. Yangi model premerasi Detroytdagi motorşouda bölib ötdi.

Yetti örindiqli Telluride sönggi avlod Sorento yöltanlamasi şassisi asosida modifikatsiya qilingan. Prototip uzunligi 5001 millimetr, kengligi – 2029 millimetr, balandligi – 1800 millimetrni taşkil etadi.

Kontsept ost qismining metalli himoyasi, panoramali tom, yoruğlik diodli old çiroqlar va 22 dyuymli ğildirak diski hamda Hankook Ventus qoplamasi bilan ta'minlandi. Orqa örindiqlar harakat yönalişiga qarşi yönalişda 90 daraja burçak ostida oçilib, uçinçi qatordagi örindiqlarga ötişni osonlaştiradi.

Oldingi va ikkinçi qator örindiqlariga maxsus datçiklar örnatilgan bölib, haydovçi hamda yölovçilar salomatligini nazorat qilib boradi.

Orqadagi yölovçilar ham harakatlar orqali boşqariladigan Harman Kardon stereotizimiga ulana oladi. Bu orqada ketayotib bir qöl işorasi bilan musiqani yoqiş, uni ötkaziş va boşqa buyruqlarni beriş demakdir. Şuningdek, musiqalarni simsiz quloqçin(nauşnik)lar orqali ham tinglaş mumkin.