AQŞ prezidenti Barak Obama kongressga qilgan sönggi murojaatida mamlakatdagi muhim muammolarni hal etiş uçun innovatsiya yönaltiriş lozimligini aytib ötdi, deb xabar bermoqda CNN.
Uning ta'kidlaşiça, sobiq ittifoq AQŞni quvib ötib, 60 yil muqaddam sun'iy yöldoşni uçirganida, fan yoki mamlakat byudjyeti masalasida heç qanday munozara bölmagan edi. Şu bois oradan 12 yil ötib Amerikaning birinçi fazoviy kemasi Oyga qöngan edi. Obamaning aytişiça, bugungi kunda har kim yaşab turgan dunyosini yaxşilaşga harakat qilişi darkor.
Şu ma'noda gapirar ekan, AQŞ prezidenti keyingi bosqiç rak ustidan tamomila ğolib çiqiş ekanligini alohida gapirib ötdi. Obama bu borada yangi missiya şakllantirilişini va unga vitse-prezident Jo Bayden boşçilik qilişini ma'lum qildi.






