Britaniyalik aktyor Alan Rikman vafot etdi. Bu haqda The Guardian naşri xabar tarqatdi.

U 69 yoşida London şahrida olamdan ötgan. Bu ma'lumot uning qarindoşlari tomonidan tasdiqlangan. Rikman keyingi bir neça yil davomida saraton xastaligidan aziyat çekayotgan edi.

Alan Rikman öz rollari orqali bir neça avlodning sevimli aktyorlaridan biriga aylangandi. Uni hozirgi avlod vakillari Garri Potter haqidagi kinosaga orqali taniydi. Rikman mazkur filmlarda professor Severus Snegg rolini ijro etgan.

Alan Rikmanga ilk maşhurlik keltirgan roli 1988 yilda suratga olingan "Qattiq yonğoq" filmidagi ijro (terrorçi Xans Gruber) edi. U şuningdek, «Robin Gud: qaroqçilar şahzodasi» filmida Nottingem şerifi roli bilan maşhurlikka erişgan. Uning filmografiyasida «Aql va hissiyot», «Rasputin», «Çin dildan, aqlsizlik bilan, kuçli», «Parfyumer. Bir qotillik tarixi», «Qorli pirog» va «Alisa sarguzaştlar mamlakatida» kabi filmlar bor.

Uni Buyuk Britaniya qirolligi aholisi mahoratli teatr aktyori sifatida bilişar edi. U Şekspir nomidagi qirollik akademiyasi a'zosi edi. Guardian naşri uni "Britan kinosi va teatrining giganti" deb atagan. U «Oltin globus», «Emmi», BAFTA kabi mukofotlar laureati bölgan, lekin biron marta «Oskar» olmagan.

Uning rejissyorligidagi «Qişdagi mehmon» filmi Venetsiya kinofestivalida 2ta mukofot bilan taqdirlangandi.