Rişton tumani Boğiston qişloğida taşkil etilgan “STRAUS FARM” Özbekiston-Buyuk Britaniya qöşma korxonasida mahalliy şaroitda tuyaquş boqiş yölga qöyildi. Bu haqda ÖzA xabar qilmoqda.
Dastlab, 306 ming dollar evaziga xorijdan 200 boş Afrika tuyaquşi keltirildi. 16 gektarga yaqin yer ajratilib, tuyaquş boqiş uçun kerakli maydon va ötloqlar yaratildi.
– Tuyaquş parvarişi boşqa quşlarni boqişdan öziga xos jihatlari bilan ajralib turadi, – deydi qöşma korxona rahbari Farangiz Azimova. – Masalan, tuyaquş yaylovda özi öt qidirişni xuş köradi. Şu bois, ularni keng dalada boqiş maqsadga muvofiq.
Tuyaquş göşti dunyo oziq-ovqat bozorida mazali va xolesterini kam, parhezbop mahsulot sifatida qadrlanadi.

Uning terisidan qimmatbaho kiyimlar, qölqop, poyabzal, hamyon va sumkalar tikilsa, tirnoğidan brilliant va olmosni tozalaydigan kukun, patidan esa par yostiqlar tayyorlanadi. Şuningdek, yumşoq mebellarni qoplaşda qimmatbaho xomaşyo sifatida foydalaniladi.
12-14 oylik tuyaquşning vazni 100-120 kilogrammgaça bölib, undan 20-25 kilogramm lahm göşt, 1,2-1,8 metr kvadrat teri olinadi. Zamonaviy tibbiyotda uning pay tomirini inson a'zosiga transplantatsiya qilişda keng qöllanilmoqda.
Mutaxassislarning ta'kidlaşiça, tuyaquş 4 yilda reproduktiv yoşga yetadi va parrandaçilikda bunday quşlar “Brider” deb yuritiladi. Ularning örtaça tuxum qöyiş yoşi 10-15 yil, zotdor tuyaquşlar 40 yil davomida tuxum qöyaveradi. Bitta tuyaquş 10-12 yil davomida qöygan tuxumdan çiqqan jöja göşti örtaça 72 tonnaga yetişi mumkin.
Tuyaquş 70 yilgaça umr körişi mutaxassislar tomonidan kuzatilgan. Katta yoşdagi tuyaquşning böyi 2,7 metr, vazni 150 kilogrammdan ortiq böladi. Bir tuyaquş oilasi 1 mavsum – 10 oy davomida 80-100 tagaça jöja oçişi mumkin.
Ta'kidlaş joizki, 1 boş tuyaquşdan 40-45 foizgaça göşt olinadi. Bu yirik va mayda şoxli mollar, hatto boşqa parrandalar göştidan ham köpdir.
Dunyo bozorida tuyaquş göştining örtaça narxi 12-15 yevro, işlov berilmagan xom terisi 60 yevroni taşkil etadi. Sovuq va örtaça iqlimda yetiştirilgan tuyaquş patining sifati issiq iqlimdagisiga nisbatan arzon baholanadi. Lekin bu ham boşqa sanoat darajasida yetiştirilayotgan parranda patidan qimmatdir.






