Anqaradagi xujumlardan hali öziga kelmagan Turkiyada yana bir portlaş yuz berdi. Seşanba kuni Istanbulda terror xodisasi yuz berdi. Xamişa sayyohlar bilan gavjum böladigan Sulton Axmad maydonida portlaş yuz berdi. Erta tongda özini ölimga mahkum qilgan terrorçi tomonidan portlaş uyuştirildi. Sulton Ahmad maydoni yaqinida Ayo-Sofiya va Moviy maçit joylaşgan. Qadim-qadimdan bu yerdagi tarixiy yodgorliklar odamlarning diqqatini tortib kelgan. 1900 yilda maydonga Nemets favvorasi qurilgan bölib, aynan şu yerda portlaş yuz berdi. Politsiya patruliga közi tuşgan terrorçining asabi doş bermay portlovçi moslamani işga tuşirdi.

Guvohlarning sözlariga qaragangda, portlaş şu qadar kuçli bölganki, uning ovozi şaharning boşqa xududlarigaça eşitilgan. 10 dan ortiq kişining halok bölgani, ularning köpçiligi xorijlik sayyohlar ekani aytilmoqda. Halok bölgan 11 kişining 8 nafari Germaniya fuqorollari ekani ma'lum qilindi. Şuningdek, terakt tufayli Peru, Norvegiya hamda Janubiy Koreyadan kelgan sayyohlar jabrlangan.

Turkiya boş vaziri Axmet Davutöğlu bayonot berib, portlaş ortida “DAIŞ (IŞID) turganini ma'lum qildi. Prezident Rajab Toyib Erdöğon esa terakt suriyalik terrorçi tomonidan uyuştirilganini aytdi. Turkiyaning xorijdagi elçilari oldida çiqiş qilgan prezident “Biz yagona xalq sifatida terrorizmga qarşi turişimiz kerak. Turkiya terrorizm qanday nomlanişidan qatiy nazar, u DAIŞ (IŞID) deyiladimi, “Kurdiston Işçilar partiyasi" deyiladimi, Xalq mudofaasi otryadlari deyiladimi, “Demokratik Ittifoq” deyiladimi, “Inqilobiy partiya-Xalq Ozodlik fronti” deyiladimi, yoki “Marksçi-leninçi kommunistik partiya” deyiladimi, unga qarşi keskin kuraş olib boradi” dedi.

Yuz bergan hodisadan söng Turkiya politsiyasi poytaxt Anqara va uning atrofida amaliyot ötkazib, DAIŞ (IŞID)ning 16 a'zosini qölga oldi. Ularning poytaxtda terror hodisalarini uyuştirişga tayyorgarlik körgani aytilmoqda.

Xalqaro xamjamiyat Istanbul fojyeasiga öz munosabatlarini bildira boşladi. Özbekiston Respublikasi prezidenti Islom Karimov Turkiya Respublikasi prezidenti Rajab Toyib Erdöğanga 2016 yilning 12 yanvar kunida Istanbul şahrida insonlarning halok bölişiga olib kelgan terrorçilik harakati munosabati bilan çuqur hamdardlik bildirib, maktub yölladi. Şuningdek, Germaniya Federativ Respublikasining Federal kansleri Angela Merkel nomiga yöllangan maktubda Islom Karimov Istanbuldagi terrorçilik hujumi oqibatida halok bölgan Germaniya fuqarolarining oila a'zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik tuyğularini yetkazişni söragan.

Germaniya federal kansleri Angela Merkel Istanbulga berilgan zarbadan avval Parij, Kopengagen, Tunis va boşqa joylar terrorçilar nişoniga aylanganini ma'lum qildi. “Xalqaro terrorizm turli joylarga zarba bermoqda. Uning nişoni erkin jamiyatdagi erkin hayotdir”, dedi Angela Merkel. Germaniya Prezidenti Yoaxim Gauk xalok bölganlarning oila a'zolari, yaqinlariga ta'ziya bildirdi. Uning sözlariga qaraganda, Istanbulda yuz bergan terror xujumi oqibatida aybsiz odamlar, ular orasida Germaniya fuqorolari ham bor.