Britaniyalik marhum qöşiqçi Devid Bouining qöşiqlariga qiziqiş keskin oşgaç, Vevo videokanalida 11 yanvar kuni uning musiqiy videosi 51 mln martadan ortiq körilgan. Bu esa 1 kunlik körsatkiçlar böyiça Vevo videokanalining yangi rekordi hisoblanadi.
Bundan oldingi rekord Adelga tegişli hisoblanar edi. Uning Hello nomli qöşiği videosi qöşiq premera qilingan kunda 36 mln marta körilgandi.
Vevo internet-resursi körsatkiçlariga köra, 11 yanvar kuni Boui musiqasiga qiziqiş 1 hafta oldingidan 5198 foizga oşib ketdi. Ayni vaqtda videokanalda marhum qöşiqçining 60dan ortiq musiqiy videolari mavjud.
Devid Bouining ölimidan keyin uning qöşiqlarini 4000 foiz köproq odam tinglamoqda






