«Real» klubi FIFA tomonidan qöyilgan transfer taqiqi yuzasidan bayonot berdi.

«Bugun «Real» FIFA tartib-intizom qömitasining qarorini oldi. Unda keyingi ikkita transfer muddati davomida yangi futbolçilarni röyxatdan ötkaziş taqiqlangan va jamoaga 360 ming frank jarima solingan.

«Real»ni quyidagi bandlar böyiça jarimaga tortişgan:

1. 18 yoşga tölmagan futbolçilar Ispaniya futbol federatsiyasida röyxatdan ötmasdan öynagani töğrisida;
Bu mutlaqo notöğri. Yoşlar jamoalarimizda öynagan futbolçilarning barçasi maydonga çiqişdan oldin Federatsiyada röyxatdan ötkazilgan. Buni tasdiqlovçi hujjatimiz bor. U 2015 yil 17 aprel sanasi bilan röyxatga olingan.

2. 18 yoşga tölmagan xorijlik futbolçi bilan şartnoma imzolaş, ularning Ispaniyadagi registratsiyasi qonunga zid ravişda amalga oşirilgani haqidagi ayblov;
Bu ayblov ham asossiz. «Real» hamişa FIFAning barça talablariga böysunib kelgan.

12-18 yoşdagi futbolçilar FIFAning talablariga mos ravişda röyxatdan ötkazilgan va Ispaniya futbol federatsiyasidan tegişli ruxsatnoma olingan.

12 yoşga tölmagan ispaniyalik futbolçilar uçun esa registratsiya talab qilinmaydi. Bu Federatsiya va FIFA talabiga mos.

3. Öyinçilarni Ispaniya futbol federatsiyasida röyxatdan ötkazmasdan öynatiş;
Bu haqidagi ayblov ham notöğri. «Real»ning barça yoşlar jamoalari akademiyaga birlaştirilgan bölsa-da, futbolçilarni röyxatdan ötkaziş haqidagi xabar hamişa Ispaniya futbol federatsiyasiga berib turilgan. Ularning har birida tegişli litsenziya bor. Buni isbotlab bera olamiz.

«Real» FIFAning qarorini mutlaqo adolatsiz deb hisoblaydi va bu qarorga qarşi kuraşadi», – deyiladi «Real»ning bayonotida.

FIFA «Real» va «Atletiko»ga yangi futbolçilarni röyxatdan ötkazişni taqiqladi