Angliyaning «Liverpul» klubi boş murabbiyi Yurgen Klopp APL doirasidagi «Mançester Yunayted»ga qarşi uçraşuv oldidan jamoaning sobiq boş murabbiyi Aleks Fergyuson borasida öz fikrlarini bildirib ötdi.

«Mening tajribamda Fergyuson bilan bir neça marta gaplaşiş imkoniyati bölgan. Ser Aleks bilan gaplaşiş – bu faxr.

Fergyuson bilan suhbat paytida eng ma'qul iş – şunçaki ötiriş va uni tinglaş. Uni nima demoqçi bölganini tuşunib olişim uçun menga ön daqiqa kerak bölgan.

Ser Aleks – barça davrlarning eng buyuk murabbiyi bölişi mumkin. U futboldagi Jon Lennon yoki xuddi şu darajadagi boşqa bir kişidek. Men Fergyusonga öta katta hurmat bilan muomalada bölganman. Ser Aleks murabbiy sifatida boşqa birorta kişi eplay olmaydigan natijalarni qayd etgan», – deya nemis mutaxassisidan iqtibos keltiradi The Guardian.