"Çelsi" jamoasining amaldagi boş murabbiyi Guus Xiddinkning qayd etişiça, uning jamoasi premer-ligadan tuşib ketiş xavfi vaziyatida turibdi.

"Çelsi"ni Joze Mourino tark etib, Guus Xiddink jamoa boşqaruviga kelganidan keyin jamoa mağlubiyatga uçramay kelayotgan bölsada (2ta ğalaba, 3ta durang), jamoani "xavfli hudud"dan atigi 6 oçko ajratib turibdi va oldinda, yanvar oyida "Everton" hamda "Arsenal"ga qarşi qiyin uçraşuvlar turibdi.

"Albatta, biz barçamiz özimizni turnir jadvalining yuqori qismlarida körişni istaymiz. Ammo unutmasligimiz kerakki, ayni vaqtda 18 örindagi jamoadan 6 oçko yuqoridamiz (21 turdan keyin 24 oçko bilan 14 örin - tahririyat izohi). Safarlardagi öyinlarda oçko olişimiz kerak. Ötgan turda "Vest Bromviç" bilan öz maydonimizda qayd etilgan durang (2:2) qimmatga tuşişi mumkin. Endi biz tan olişimiz kerakki, APLda jon saqlab qoliş uçun kuraşamiz. Agar oçkoni biz olmasak, boşqalar olişadi. APLda buning (ligada jon saqlaş uçun kuraş - tahririyat izohi) hayron böladigan joyi yöq", deydi murabbiy Goal naşriga.

Guus Xiddink: Mavsum yakunida kuçli törtlikka kiriş uçun har öyinda 2,8 tadan oçko olişimiz kerak