Özbekiston rahbarining 2015 yil 22 dekabridagi PQ-2455-son qarori 34-ilovasi bilan 2016 yil uçun Özbekiston byudjyetidan moliyalaştiriladigan maktabgaça ta'lim muassasalarida bolalar ta'minoti uçun ota-onalardan olinadigan tölov miqdorlari tasdiqlandi.
Ilova qilingan jadvalda keltirilişiça, boğçalar uçun tölovlar miqdori biroz oşirilgan.
Şuningdek, hukumatning 2010 yil 18 iyundagi 117-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat maxsus maktabgaça ta'lim muassasalari töğrisida”gi nizomga PQ-2455-son bilan kiritilgan özgartirişga muvofiq, maxsus maktabgaça muassasa faoliyatini moliyalaştiriş manbalari yana bittaga köpaydi. Endilikda bunday muassasalarda bolalar ta'minoti uçun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda va tartibda undiriladigan ota-onalar tölovi endilikda maxsus maktabgaça muassasa faoliyatini moliyalaştiriş manbalaridan biri hisoblanadi.








