«KPR» hujumçisi Çarli Ostin faoliyatini «Sautgempton» jamoasida davom ettiradi.

«Avliyolar» jamoasining rasmiy saytida uşbu hujumçi bilan 4,5 yillik şartnoma tuzilgani haqida e'lon qilindi.

Sky Sports naşri ma'lumotiga köra, «Sautgempton» ötgan mavsumda APL töpurarlaridan biri bölgan bu hujumçi transferi uçun 4 mln funt tölagan.

Ma'lumot uçun, hozirda 26 yoşda bölgan bu futbolçi ötgan mavsumda KPR safida APLdagi 35 uçraşuvda 18ta gol urgan va 8ta golli uzatma muallifi bölgandi. Mavsum yakunida jamoa çempionşipga tuşib ketdi va joriy mavsumning birinçi davrasida Ostin 16ta öyinda 9ta gol urib, bitta golli uzatma muallifi böldi.