Eron Airbus kompaniyasi bilan 114 ta samolyot sotib oliş böyiça kelişuv imzoladi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Bu haqda Eronning yöllar va şaharlar rivojlanişi vaziri Abbos Ohundiy ma'lum qildi.
Öz navbatida Airbus vakili kelişuv Erondan sanksiyalar olinmagunça tuzila olmasligini aytdi.
Eron hukumati mamlakat yangi samolyotlarga ehtiyoj sezişiga qaramasdan, barçasi qonunga muvofiq bölişi kerakligi va embargolar olinmagunga qadar bu masalada heç qanday tijoriy muzokaralar bölmasligini aytdi.
Eron taşqi işlar vaziri Muhammad Javod Zarifning fikriça, Erondan sanksiyalar 16 yanvardan bekor qilinişi kerak.






