Musiqaçi Devid Bouining jasadi faqatgina qarindoşlariga ma'lum bölgan maxfiy joyga qöyildi, deya xabar qildi The Mirror.
Kömilgan joyining ommadan yaşirilişi qöşiqçining vasiyatiga binoan amalga oşirilgan. U öz qabrini muxlislari ziyorat uçun keladigan joy bölişini istamagan.
“Yaqin dösti Freddi [Merkyuri] singari Devid ham öziga yodgorlik örnatilişini istamadi. U özini yodgorlik sifatida emas, balki hayotdagi intilişlari uçun esga olinişini istadi. Uning uçun eng muhimi ijodiy merosining qolayotgani edi”, - dedi musiqaçining oilasiga yaqin axborot manbasi.
Naşr axborot manbasining sözlariga köra, Bouining hali e'lon qilinmagan köp miqdordagi ijod namunalari bor. Ular köp yillar davomida taqdim etiladi.
Bastakor, qöşiqçi, aktyor va rassom Devid Boui 10 yanvar kuni özining 69 yillik yoşini nişonlagani va yangi Blackstar albomini çiqarganidan ikki kun ötib vafot etdi.
Artist yarim yil davomida jigar saratoniga qarşi kuraşdi.






