Qirğiziston parlamenti muhokamasiga hukumatning Rossiya bilan hamkorlikda 1-Qambarota GESini va Yuqori Norin GES kaskadini quriş töğrisidagi kelişuv denonsatsiya borasidagi qarori kiritildi. Bu voqeaga Markaziy Osiyo böyiça mutaxassis, tarix fanlari doktori, professor Aleksandr Knyazev fikr bildirdi.
“Qambarota GESi – eski sovet loyihasi bölib, u öşa paytning şaroitidan kelib çiqib işlangan, - dedi ekspert. – Bu GES Norin daryosida qurilişi kerak edi, u esa öz navbatida Sirdaryoning yuqori oqimidir. Bu daryodan foydalaniş rejasida gidroelektr energiyasi işlab çiqarişdan manfaatdor bölgan Qirğiziston hamda quyi oqimdagi davlatlar, bu daryoga gidromelioratsiya nuqtai nazaridan qaraydigan Özbekiston va Qozoğiston manfaatlari aniq ajraladi”.
1970-yillarda Norin daryosida Qirğiziston Töqtagul GESini qurgan. Uning masalasi oson hal qilingan: qişda Qirğiziston omborlarni suvga töldirar, kamroq enegiya işlab çiqarar, buning evaziga Özbekiston IESlaridan energiya olardi, yozda esa quyi oqimdagi mamlakatlarning qişloq xöjaligi ehtiyojlariga monand suv qöyib yuborardi. Qambarota GESidan ham şunday ssenariy amalga oşirilişi kutilayotgan edi.
“Ammo hozir Özbekiston va Qozoğiston Qirğizistonga işonmaydi, şu bois GES köp masalalarni keltirib çiqarmoqda. 1998, 2000 va 2005 yillarda kelişmagan holda Töqtagul GESidan suv çiqarib yuborilişi salbiy oqibatlarga olib keldiki, bu Bişkekka bölgan işonçni yanada zaiflaştiradi”, - tuşuntiradi ekspert.
Tilga olingan yillarda kelişilmagan holda omborlardan suvning qöyib yuborilişi Özbekiston va Qozoğistonda irrigatsion inşootlarning buzilişi va aholijoylarning suv ostida qolişiga olib kelgandi.
Ammo 1990-yillar oxiridan Qambarota GESiga Qirğizistonning energetik muammolarining yagona yeçimi sifatida qaray boşladilar va u deyarli milliy ğoyaga aylanib qoldi. Mamlakat rahbariyati, şuningdek, loyiha yordamida kelajakda qöşni davlatlarga bosim ötkazişni rejalaştirmoqda.
Şuningdek, Qirğiziston bugungi kunda bunday ulkan loyihani sifatli amalga oşirişga yetarli salohiyatga ega emas. Sifatsiz quriliş işlari esa seysmik faol hududda xavf keltirib çiqarişi mumkin. Töğonlarning buzilişi 20 mln kişi yaşaydigan hududni xavf ostiga qöyadi. Şu bois qöşni davlatlar, birinçi navbatda, Özbekiston Qambarota GESi loyihasiga qarşi çiqmoqda.
Knyazevning ta'kidlaşiça, loyihaning amalga oşirilişida köplab muammolar mavjud va şu bois yaqin yillarda bu borada biror özgariş bölmaydi. Çunki gidroenergetika sohasining özi bugungi kunda samarador hisoblanmaydi, va investor tikkan pullarini qaytarib oliş uçun keng miqyosli işlab çiqariş bölişi lozim. Qirğizistonda esa bunday işlab çiqariş yöq, bu investorlarni qoçirabdigan asosiy omildir.






