Özbekiston olimpiya terma jamoasi himoyaçisi Maksimilian Fominning onasi Tatyana Fomina öğlining Feysbukdagi murojaati uçun muxlislardan uzr söradi. Uning murojaatini Safinas Ahayeva ismli foydalanuvçi keltirgan.

"Uşbu xabarni yozişni mendan Maksning onasi Tatyana iltimos qildi. Boisi, uning Feysbukda sahifasi yöq, ammo u sodir bölgan voqeadan xavotirga tuşdi", deya izoh beradi Safinas Ahayeva.

"Hurmatli, işqibozlar, avvalo Maksimning dastlabki keskin fikrlari uçun uzr sörayman. U jahl ustida yozgan va hozir bundan afsuslanmoqda. Lekin, iltimos, siz ham töğri tuşuning, jamoa şa'niga haqoratlar yoğdirilganidan keyin, şuningdek, meni ham haqorat qila boşlaşganidan söng... Bu öyin, bu sport. Bugun ğalaba qozonilsa, ertaga mağlubiyat bölişi mumkin. Muvaffaqiyat yoki muvaffaqiyatsizlikka qaramay, öyinçilarimiz sizlarning qöllab-quvvatlaşingizga muhtoj. Töğri tuşunasiz, degan umiddaman. Hurmat bilan, Tatyana Fomina".

Eslatib ötamiz, Iroqqa qarşi öyindagi mağlubiyatdan keyin muxlislar futbol saytlarda futbolçilarni keskin tanqid va haqorat qilgani uçun Maksimilian Fomin Feysbuk orqali işqibozlarga haqoratlarga töla murojaat yöllagandi.

Futbolçining uşbu xatti-harakati keskin noroziliklarga sabab böldi.

Natijada Fomin Feysbuk orqali muxlislardan uzr söragandi.