Eron öz yadro dasturining muzlatilişini nazarda tutuvçi bitimning barça şartlarini bajargani haqidagi ma'ruzani taqdim etgaç, xalqaro sanksiyalar qutilişi eronliklarning öz oldiga qöygan maqsadlariga yetişişida muhim ahamiyatga ega böladi. Bu haqda Suriya prezidenti Başar Asadning Eron prezidenti Hasan Ruhoniyga yöllagan maktubida aytilgan.
Başar Asad öz tabrigida bu sanksiyalar "adolatsiz" bölganini ta'kidlagan va Eron xalqiga omad hamda farovonlik tilagan.
U şuningdek, Eronning Suriyani terrorizmga qarşi kuraşda qöllab-quvvatlagani uçun minnatdorçilik bildirgan. U Suriya xalqi öz huquqlarini himoya qilişgan haqli ekanini qöşimça qilgan.
Eslatib ötamiz, 16 yanvar kuni BMT, AQŞ va Yevropa Ittifoqi Eronga nisbatan amalda bölib kelgan siyosiy hamda iqtisodiy sanksiyalarni bekor qildi.
Sanktsiyalarning bekor qilinişi Eronga zudlik bilan neft eksportini oşiriş imkonini beradi — bu sönggi oylarda keragidan ortiq takliflar töplangan bozorga qöşimça bosim ötkazişi mumkin. Neftning jahon bozoridagi narxi 2015 yil oxiri — 2016 yil boşida keskin pasayib ketdi.
Sanktsiyalarning bekor qilinişi, şuningdek, Eron öz hisoblarida muzlatib qöyilgan 50 milliard dollarga yaqin mablağni qölga kiritişini anglatadi. Bundan taşqari, Eron avvalroq taqiqlangan uskuna va texnologiyalarni sotib olişi mumkin böladi.
Obama Erondan sanksiyalar bekor qilinişi böyiça farmonni imzoladi
Eron sanksiyalar bekor qilingandan keyin neft qazib oliş hajmini oşirmoqçi
AQŞ Eron bilan boğliq şaxslar va kompaniyalarning 400ga yaqinini sanktsion röyxatdan çiqardi






