FIFAning sobiq prezidenti Yozef Blatter futboldagi faoliyatdan bölsada, taşkilotdan maoş olişda davom etmoqda. Bu haqda Reyter agentligi xabar bergan.

2015 yilning dekabrida FIFAning Axloq işlari qömitasi 1998 yildan beri taşkilot prezidenti sifatida işlagan Yozef Blatterni hamda UYeFA rahbari Mişel Platinini 8 yilga futboldan çetlatgandi.

"Taşkilotning yangi prezidenti uçun saylovlar ötadigan kungaça janob Blatter qoğozda FIFA prezidenti hisoblanadi. 26 fevralgaça u şartnoma asosida maoş olişda davom etiş huquqiga ega", deydi FIFAning Axloq qömitasi matbuot xizmati vakili Andreas Bantel.

2015 yilning sentabr oyi oxirida Şveytsariya prokuraturasi Blatterni Platiniga heç qanday rasmiy hujjutlarsiz 2 mln frank miqdoridagi mablağni bergani böyiça tekşiruv işlarini boşlagandi. Bu mablağ Platiniga 2011 yilda ötkazilgan. Platini bu pullar öziga 1999 yildan 2002 yilgaça FIFAdagi faoliyati uçun maoş sifatida tölanganini aytgan bölsada, buni isbotlab bera olmadi.

Qayd etiş kerakki, bu ikki amaldorga korrupsiya aybi qöyilmadi va ular qamoqdan qutilib qolişdi.