Fransiya klassik adabiyoti vakili, yozuvçi Mişel Turne 92 yoşida vafot etdi. Bu haqda Le Monde naşri xabar bergan.
Turne 1924 yilda Parijda tuğilgan, Radio France va Europe 1 radiolarida muxbir sifatida, Le Monde va Le Figaro gazetalarida nemis tilidagi matnlar tarjimoni sifatida faoliyat yuritgan.
U özining birinçi romani "Juma, yoki Tinç okeani limbi" nomli asarini 1967 yilda naşr qildirgan. 3 yil ötgaç, u "Örmon hukmdori" asari uçun Gonkur mukofotini qölga kiritgan.
Qayd etiş kerakki, Turne Jil Delez, Rojye Nime va Per Bulez kabi yozuvçilar bilan yaqin döst edi.
Yozuvçi Il-de-Frans markazidagi Şuazel şaharçasida, öz uyida qarindoşlari davrasida jon bergan.






