«Barselona» jamoasi prezidenti Jozep Bartomeu FIFAning «Real» va «Atletiko» jamoalariga qöllagan taqiqi böyiça fikrini bildirib ötdi.

"Agar «Real» va «Atletiko» qoidalarni buzmagani töğri bölsa, ularga qöllangan jazolar örinsiz va haddan taşqari qattiq. FIFAning öz normalari borligi yaxşi, lekin bu normalar boşqaça vaziyatda qöllanadi", deydi Bartomeu.

Bundan oldinroq, FIFA «Real» va «Atletiko» jamoalarining voyaga yetmagan futbolçilarni qaydnomadan ötkazganlikda ayblab jamoalarni 2016 yilning yozida va 2017 yilning qişida yangi futbolçilarni öz safiga qöşib olişdan mahrum etgandi.