Sankt-Peterburgning «Zenit» jamoasi boş murabbiyligiga Andre Villaş-Boaş örniga boşqa bir portugaliyalik mutaxassis taklif qilinişi mumkin.
«Sovetskiy sport» naşri «Sporting» jamoasini boşqarib turgan Jorjye Jyezuş piterliklarning yangi murabbiyiga aylanişi mumkinligi haqida yozgan.
Villaş-Boaş mavsum yakunlangaç, jamoadan ketişi haqida e'lon qilgan
Manbaning yozişiça, Jyezuşning hozirgi jamosi bilan şartnomasi 2018 yilgaça tuzilgan. Lekin unda şartnoma bir tomonlama buzilişi evaziga klubga tovon puli tölanişi haqida band yöq.
Ayni vaqtda «Sporting» Portugaliya çempionatida yetakçilik qilmoqda. «Zenit» esa RFPLning birinçi davrasidan keyin oltinçi örinda joylaşgan.






