«Real» jamoasining afsonaviy hujumçisi Raul Gonsales Ispaniyaning boşqa bir jamoasi «Barselona»ning ötgan mavsumda YeÇL ğolibi bölganidan quvonganini eslab ötdi. U heç qaçon xalqaro maydonlarda bu jamoaga mağlubiyat tilamaganini qöşimça qilib ötgan.

«Men «Barselona»ning YeÇL finalidagi ğalabasidan xursand bölganimni yaşirib ötirmayman. «Real» va «Barselona» jamoalarining raqobati ikki jamoa rivoji uçun xizmat qiladi. «Real» «Barselona»siz, «Barselona» «Real»siz yaşay olmaydi. Bu jamoalar bir-biriga kerak. Aynan şuning uçun ham men «Barselona»ning muvaffaqiyatsizlikka uçraşini istamayman», deydi Raul Vanity Fair naşriga bergan intervyusida.