WhatsApp boş direktori Yan Kum Myunxendagi DLD konferensiyasida yaqin vaqtlar içida messenjerdan hozirda yiliga 99 sent deb belgilangan abonent tölovi bekor qilinişi haqida xabar berdi.

Kelgusida WhatsApp boşqa usullar orqali mablağ töplaşni möljallamoqda. Masalan, kompaniyalarga öz mijozlari bilan töğridan-töğri muloqot qiliş imkonini beradi.

WhatsApp çati orqali foydalanuvçilar bilan muloqot quriş imkoniyatiga birinçilardan bölib Bank of America va American Airlines kompaniyalari ega böladi. Kum sözlariga köra, yana bir qator qiziqiş bildirgan taşkilotlar bilan muzokaralar olib borilmoqda.

WhatsApp 2014 yilning fevralida Facebook ijtimoiy tarmoği tomonidan 19 milliard dollarga sotib olingan edi. Ötgan yozda uning foydalanuvçilari soni yarim milliarddan oşdi. Bugungi kunga kelib esa ular soni bir milliardga yaqinlaşib qolgan.