Ötgan yil turli xil sport voqealariga boy böldi. Sportçilarning çiqişlarini millionlab işqibozlardan taşqari professional fotograflar ham kuzatişdi va köplab qiziqarli suratlar tuşirişga muvaffaq bölişdi.

Çanğida tramplindan sakraşi hayajonlanmasdan kuzatib bölmaydi: sportçilar katta tezlik va yuqori balandlikda yuzlab metrlarni zabt etişadi. Norvegiyalik sportçi Anders Fannemel 2015 yilda Şvetsiyaning Falun şahrida bölib ötgan jahon birinçiligida oltin medalni qölga kiritdi.

«Los-Anjyeles Dojyers»ning pitçeri Mett Şomeker «Detroyt Taygers»ga qarşi bellaşuvda töpni uloqtirişga tayyorgarlik körmoqda. Mavsum yakunlariga köra Kaliforniya jamoasi asosiy beysbol ligasining çorak finalida iştirokini yakunlab çempionlikni qölga kirita olmadi.

Frantsuz velopoygaçisi Uilyam Bonne iyulda köp kunlik «Tur de Frans» musobaqasining uçinçi bosqiçida velosipedçilarning ommaviy yiqilişi paytida jiddiy jarohatlangandi. Sportçining miyasi çayqalgan va böyin umurtqasi singandi. U oktabrga kelib harakatlana boşladi, endi u özini tiklab olişi uçun ança vaqt darkor.

«Aylenders» xokkeyçisi Tayler Kennedi 2015 yil martida «San-Xose Şarks» jamoasidan Nyu-York jamoasiga ötgandi. Ötgan mavsumning 13 uçraşuvida kanadalik hujumçi yangi klubi safida ikkita şayba urdi va uçta golli uzatmani amalga oşirdi. Uşbu mavsumda u «Nyu-Jyersi Devils» tarkibida öynamoqda, lekin hozirça raqiblar darvozasini işğol eta olmadi.

Ötgan mavsumda amerikalik yoş markaziy öyinçi Frenk Kaminski talabalar sporti milliy assotsiatsiyasi öyinlarida porlagandi. MBAning mazkur çempionati boşida 22 yoşli basketbolçi «Şarlott Xornets» klubiga qöşildi.

Kanadalik suzuvçi Erik Xedlin ötgan yili Panamerika öyinlarida iştirok etdi. Bu musobaqalarda Şimoliy, Janubiy va Markaziy Amerika sportçilari qatnaşişadi. Xedlin ön kilometrli marafonda startga çiqdi va marraga töqqizinçi bölib yetib keldi.





























