SplashData kompaniyasi ötgan 2015 yilning eng ommabop 25 ta paroli röyxatini çop etdi, deb xabar bermoqda Gizmodo.

SplashData har yili eng köp işlatiluvçi parollar röyxatini çop etib boradi. Kompaniya ma'lumotni internetda turli maydonçalarga özgalar parollarini joylaştiruvçi manbalardan oladi. 2015 yilda kompaniya 2 mln ta turli parolni 2014 yildagi natijalar bilan taqqoslab, tahlil qildi.

Röyxatning 1- va 2-örnini 2014 yildagi kabi “123456” va “password” parollari egalladi. 2014 yilda 3-örinni egallagan “12345” paroli örniga “12345678” paroli kötarilib oldi. Maşhur “qwerty” paroli ham bir poğonaga kötarilib, 4-örinni egalladi.

“Ongli tarzda” tuzilgan parollar orasida sport turlari nomlari (football va baseball) bilan atalgan parollar ham ommabop bölib qolmoqda. Röyxatga kiritilgan yangi parollar orasida “Yulduzlar janglari” filmining yangi qismi çiqişiga işora qiluvçi “solo” va “starwars” parollari paydo böldi. Bu parollar röyxatning mos ravişda 23- va 25-örinini egalladi.