Toşkentning “Bunyodkor” jamoasi Şarja yiğini doirasidagi birinçi nazorat uçraşuvini Mahaçqal'aning “Anji” klubiga qarşi ötkazdi.

“Qaldirğoçlar” Rossiya premer-ligasi iştirokçisiga qarşi bahsni hujumkor ruhda boşlaşdi. Uyuştirilgan ketma-ket hujumlar 8-daqiqada öz samarasini berdi. Jamoa futbol maktabi tarbiyalanuvçisi Sanjar Qodirqulov öng qanotdan ikki futbolçini aldab ötib, jarima maydonçasi taşqarisida “Anji” darvozasining yaqin pastki burçagini aniq nişonga oldi – 1:0.

Bölim örtalarida “Anji” hujumçisi Islomnur Abdulavov qanotdan oşirilgan töpni boşi bilan Akbar Törayev qöriqlagan darvozaga yöllab, örtadagi muvozanatni tikladi.

36-daqiqada Sanjar Qodirqulov öng qanotda judayam faol harakat qildi. U raqibning bir neça futbolçilarini aldab ötib, töpni hujumçilarga yetkazdi. “Anji” darvozasi yaqinida Şahzodbek Nurmatov töpni egallab olib, deyarli birga-bir vaziyatda darvozani işğol qildi – 2:1. Birinçi bölimda boşqa gol kiritilmadi.

Tanaffusda har ikkala jamoa murabbiylari deyarli töliq tarkibni almaştirişdi. Şunga qaramasdan, ikkinçi 45 daqiqalikda ham hujumkor öyin sifati saqlanib qolindi. 68-daqiqada Serder Serderovning faolligi evaziga Yannik Bolli yakkama-yakka holatga çiqarildi. Hujumçi bunday vaziyatdan unumli foydalanib, hisobni tenglaştirdi – 2:2.

Uçraşuvning ikkinçi bölimiga hakam tomonidan qöşib berilgan daqiqalar ötib borayotganida Zabihillo Örinboyev “qaldirğoçlar”ga ğalaba keltirgan golga mualliflik qildi. Xurşid Ğiyosov tomonidan uzatilgan töpni Örinboyev boşi bilan “Anji” darvozasiga joylab qöydi – 3:2.

Şu tariqa, “Bunyodkor” BAA yiğini doirasidagi birinçi nazorat uçraşuvida Rossiya premer ligasi vakili Mahaçqal'aning “Anji” klubini 3:2 hisobida mağlubiyatga uçratdi.

Xalqaro örtoqlik uçraşuvi
“BUNYoDKOR” – “ANJI”