2015 yil Yerdagi eng issiq yil böldi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Ta'kidlanişiça, Yer sayyorasining sirti harorati 2014 yildagi körsatkiçdan 0,16 gradusga issiqroq bölgan. AQŞ davlat idoralari bu holatni atmosferaga issiqxona gazlarining çiqarilişi bilan boğlamoqdalar.

“2015 yilda havo haroratining uzoq muddatli isişi tendensiyasini davom etdi”, deb aytdi NASAning koinot tadqiqotlari böyiça Goddard instituti direktori.

Avvalroq Nature Climate Change jurnalida çop etilgan tadqiqot ma'lumotlariga köra, okean  tomonidan yutiladigan issiqlik miqdori oxirgi 18 yil içida ikki barobarga oşgan.

Okean  tomonidan issiqlikning yutilişi iqlim özgarişi va global isişni kuzatişda katta rol öynaydi.