Yaponiyalik bloger iOS operatsion tizimining yangi 9.3 Beta 1.1 versiyasi kodida quloqçinlar (nauşniklar) uçun 3,5 mm li raz'yomlarning yöqligi haqidagi ma'lumotni aniqladi. U buning suratini öz tvitterida çop etdi.

Blogerning ta'kidlaşiça, u operatsion tizimning yangi versiyasi kodini sinçkovlik bilan örganib, unda 3,5 mm lik razyomlarning yöqligini aniqladi. Yangi iPhone 7 smartfonida raz'yomning yöqligi va tovuş Lightning raz'yomi orqali uzatilişi haqidagi gaplar internetda ança avval paydo bölgandi, çunki Apple yangi qurilmalarining qalinligini kamaytirmoqçi.

Şuningdek, yangi operatsion tizimning kodida Li-Fi yoruğlik nurlanişi yordamida ma'lumotlar uzatilişi texnologiyasi sinovdan ötkazilgani haqida ma'lumot topildi. Bu texnologiya işlatilganda ma'lumotlarni uzatiş manbasi bölib stol lampasidagi oddiy lampoçka böla olişi mumkin.