Ayollar uçun eng yaxşi davlatlar ma'lum qilindi, bu borada 1-örinni Daniya egalladi. Reyting US News & World Report tomonidan tayyorlandi va Davosdagi Jahon iqtisodiy forumida taqdim qilindi.
Reyting yetakçisi Daniya gender tenglikni ilgari surmoqda. Reytingning 2-örnini egallagan Şvetsiyada davlat yetakçilari ayollarning tahqirlanuvçi guruh sifatida qabul qilinişi masalasini hal qiliş uçun çoralar qabul qilmoqda. 3-örinni egallagan Kanada ayollar huquqlarini himoyalaşni taşqi va içki siyosatining bir qismiga aylantirdi. Şu bilan birga bu davlatda bu sohada muammolar mavjud.
4-örinni Niderlandiya soğliqni saqlaş, ta'lim, iqtisodiyot va siyosatda gender uzilişning qisqartirilişiga yönaltirilgan ijobiy işi uçun egalladi.
Yetakçi beştalikni Avstraliya yakunlamoqda, bu davlatda oxirgi yillarda borgan sari köproq ayollar rahbarlik lavozimlarini egallamoqdalar. Şu bilan birga avstraliyalik ayollar özlarining erkak hamkasblari bir yilda işlab topayotgan pulni işlab topişlari uçun ulardan 66 kun köproq işlaşlari lozim.






