Özbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi buyruği bilan (Adliya vazirligida 2016 yil 12 yanvar kuni röyxatga olingan) «Yölovçilarning havo kemasi bortidagi hatti-harakati qoidalari»ga kiritilgan özgartirişlarga «Ekonomiçeskoye obozreniye» jurnali inspeksiya bilan boğlangan holda oydinlik kiritdi.
Qoidalardagi özgarişlarga köra, "Özbekiston havo yöllari" Milliy aviakompaniyasi samolyotlarida parvoz qiluvçi yölovçilariga samolyotning yurişi, kötarilişi va qönişi jarayonida fotosuratga va video tasvirga oliş taqiqlangan edi.
Inspektsiyaning aniqlik kiritişiça, fotosurat va videotasvirlar fuqarolik aviatsiyasiga noqonuniy ravişda aralaşuv bilan boğliq faoliyatda (terrorçilik va h.k.) qöllanilişi mumkin. Şuningdek, samolyot bortida turib, suratga oliş mumkin bölmagan obektlarni rasmga tuşiriş mumkinligiga asoslan holda, mazkur taqiq joriy etilgan.
Bundan taşqari, Davavianazorat inspeksiyasining ta'kidlaşiça, Özbekiston laynerlari bortida parvoz çoğida turli elektron qurilmalardan foydalanişga ruxsat beriladi. Noutbuk, planşet, elektron kitoblar öqiş uçun möljallangan qurilmalar, mobil öyin devayslari va boşqalar öz maqsadida qöllanilişi mumkin. Biroq ularni samolyotning yurişi, kötarilişi va qönişi paytida işlatiş, şuningdek, ulardan fotoapparat yoki videokamera sifatida foydalaniş taqiqlanadi.






