“Rusal” kompaniyasi rahbari Oleg Deripaska Rossiya rivojlanişining xom aşyoga asoslangan modeli yakunlangani, işlab çiqaruvçilar eksportni oşiriş uçun devalvatsiyadan foydalanişlari kerakligini aytdi, deb xabar bermoqda RNS.   

“Bugun dollar kursi 80 rublni taşkil qilmoqda. Bizning iqtisodiy siyosatimiz haqida yetarliça aytilgan, u ravşan – heç narsa qilmaslik, şuning uçun hammasi özimizga boğliq”, deb aytdi Deripaska.

Deripaska “afsuslanişga” endi keç ekanligini, qayta işlangan material va yarimtayyor mahsulotlar eksportini oşiriş uçun zaif rubldan foydalaniş kerakligini ta'kidladi.

Bundan taşqari, Deripaska 2016 yil davlat işlab çiqaruvçilarni qöllab-quvvatlaydigan oxirgi yil bölişini, 2017 yildan byudjyetda pul bölmasligi sababli endi ularning özlari davlatga yordam berişlariga töğri kelişini aytdi. 

Avvalroq Rossiyaning sobiq moliya vaziri Aleksey Kudrin Rossiya hukumati neft narxining oşişiga umid qilmasa ham bölişini aytgandi.