Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon hukumatning kengaytirilgan yiğilişida aksilinqiroz çoralari muhokamasini kun tartibiga qöydi. Davlat rahbari matbuot xizmatining xabar qilişiça, mamlakat boş vaziri Qohir Rasulzoda yiğilganlar oldida çiqiş qilib, 2015 yilda mamlakat rivoji böyiça hisobotni öqib eşittirdi.
Hisobotda aytilişiça, ötgan yili Tojikistonda YaIM 48.4 mln somoniyni taşkil qilgan, davlat byudjyetining daromad qismiga 16.6 mlrd somoniy kelib tuşgan bölib, bu rejaning 100 foizin taşkil qiladi.
Öz navbatida, Emomali Rahmon 2015 yilni mamlakat iqtisodiyoti uçun muvaffaqiyatli kelganini ta'kidladi. Ammo, uning tan olişiça, joriy yilda butun dunyoda, şu jumladan, MDH va Tojikistonda ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat murakkab böladi.
Rahmon hukumatga milliy valyuta kursi barqarorligini saqlab qoliş yölida çoralar köriş böyiça körsatmalar berdi.






