Reyting US News & World Report tomonidan tayyorlanib, Davosdagi Butunjahon iqtisodiy forumida taqdim etildi.
Mamlakatlar töqqizta mezon asosida baholandi: turizm sohasi, innovatsiyalar, jahon sahnasidagi qudrati va ta'siri, ijtimoiy soha, madaniyat, tarixiy meros, iqtisodiyotning ösiş sur'atlari, biznes uçun qulaylik, aholi hayotining umumiy darajasi.
60 ta mamlakatdan iborat bölgan umumiy reytingda Germaniya yetakçilik qilmoqda. Undan keyingi örinlar esa Kanada, Buyuk Britaniya, AQŞ va Şvetsiyaga tegişli.
Xitoy 7-örin, Hindiston 22-örin, Turkiya 30-örinni egallagan. Rossiya 24-örinni egallab, Portugaliya va Isroil davlatlari orasidan joy olgan.
Röyxatning sönggi uçligida esa Eron (58-örin), Ukraina (59-örin) va Jazoir (60-örin)ni körişimiz mumkin.
Reyting US News & World Report tomonidan BAV Consulting va Pensilvaniya universiteti hamkorligida tayyorlangan. U 36 mamlakatdagi 16 ming kişi örtasida ötkazilgan ijtimoiy sörovnoma natijalariga asoslanadi. Sörovnomada biznes elita vakillari hamda oddiy fuqarolar iştirok etgan.






