Infiniti kompaniyasi Buyuk Britaniyadagi zamonaviy san'at yarmarkasi London Art’da art-karga aylantirilgan Q30 xetçbekini namoyiş qildi. Özining metall simdan yasalgan odam haykallari bilan tanilgan rassom Reyçel Daker bu maşina ustida iş olib bordi. Rassom ayol avtomobilga 48 mingta mix yelimlab çiqdi.

Mixlar avtomobilning yarmiga yelimlangan. Dakerning aytişiça, unga har bir mixni yelimlaş uçun 10 soniyaga yaqin vaqt ketgan. Şu tariqa, rassom uşbu işni amalga oşirişiga 8 ming daqiqa yoki 5 yarim kun vaqt sarflagan.

Rassom şuningdek avtomobil oynasidan boşini çiqarib turgan ayol şaklidagi haykalni yaratdi. Rassomning fikriça, haykal maşina tez ketayotgandek his uyğotişi kerak.

Infiniti Q30 xetçbeki 2015 yil kuzida namoyiş qilingan. Yangi avtomobil “Mersedes” kompaniyasi bilan birga yaratilgan hamda uşbu kompaniyaning şassi va dvigatelini olgan. Model quvvati 107 ot kuçidan 208 ot kuçigaça yeta oladigan benzin va dizelli dvigatellar bilan taklif qilinmoqda. Avtomobil Infiniti’ning Yevropada yiğiladigan ilk modeli böladi.