Maşhur adibning hayoti ibratli va qiziqarli voqealarga boy. Uning aforizmlari va betakror gaplari ham darrov diqqatni torta oladi. Quyida Mark Tven bilan boğliq bir qança qiziqarli yangiliklardan bahramand bölasiz, degan umiddamiz.
Mark Tven yangi qurilgan magistraldan ötayotib quyidagini yozuvni öqiydi: «Bu yöldan Mark Tven ötgan. Yöldan ötiş narxi - 10 sent!”. Tven xöjayinga yuzlanib, bu yöl endigina qurilganini, bu yerdan biron marta ötmaganligini aytadi. Ertasi kuni e'lon özgaradi: “Hozirgina maşhur yozuvçi Mark Tven bu yöldan öta olmadi! Siz esa ötiş uçun endi 25 sent tölaysiz! Bu haqida Mark Tvenning yangi romanida öqing!”. Yozuvçi xöjayinga öz ğazabini namoyon qilgaç, e'lon yana almaştiriladi: “Hattoki maşhur Mark Tven bu yangi yölning körkamligini ta'riflaşga söz topa olmayapti! Endi Siz yöldan ötiş uçun 50 sent tölaysiz!!!”;
Mark Tven çaqaloq payti uning egizagi toğorada çökib ketib, vafot etadi. Tvenning bu holatga ta'rifi esa original: “Şunday qilib, haligaça kim çökib ölganini heç kim bilmaydi: menmi yoki egizagim?!”;
Mark Tven gazetada muharrir bölib işlagan. Bir safar unga poçta orqali öquvçilardan birining xati, uning içida esa xarob ahvoldagi şe'r çiqadi. Şe'rning nomi ham ajoyib: “Men nega tirikman?”. Mark Tven çala şoirga xat yuboradi: «Xatni şaxsan özingiz olib kelmaganligingiz tufayli tiriksiz!”;
Mark Tvenni Yangi yil kuni mehmonga taklif qilişadi. Oilaning ajoyib odati bor edi. Öşa kuni tayyorlanuvçi çuçvaralardan birining içidan tugma yoki tanga çiqar, uni topgan odamga baxt va omad kuladi deyişardi. «Janob Tven, taomni kim bilandir yeyiş maroqli, agar xohlasangiz kimnidir taklif qilişingiz mumkin. Xöş, kimni taklif qilasiz?” - deydi mezbon. Tven yuqoridagi odatni esdan çiqarmagan holda javob beradi: “Janob, Rentgenni, albatta!”;
Mark Tven bir tanişiga murojaat qiladi: «Yotoqdan joy olişim bilan karavot tagida kimdir bordek tuyulaveradi. Krovat tagiga kiraman, şunda krovat ustida kimdir bordek tuyuladi. Dahşat! Bu ketişda aqldan ozaman!”. Tvenning tanişi esa oqilona maslahat berib, döstini bu holatdan qutqaradi: “Krovatingning oyoqlarini arralab taşla!”;
Mark Tven özi işlaydigan gazetada bir çayqovçi haqida maqola çiqaradi. Maqolani şunday yakunlaydi: «Bu odam hattoki yuziga tupurişimizga ham arzimaydi!”. Jahl otiga mingan çayqovçi raddiya talab qiladi. Tven esa kelasi sonda quyidagi sözlardan iborat raddiyani çop ettiradi: «Bu odam yuziga tupurişimizga arziydi!”;
Mark Tven yakşanba kungi diniy va'zni tinglab bölgaç, ruhoniyning oldiga kelib, şunday debdi: “Sizning bugungi va'zingiz ajoyib böldi. Lekin menga juda ham taniş tuyuldi. Nazarimda, va'zingizning har bitta sözini uyimning tokçasida turgan kitobdan köçirib olgansiz!”. Ruhoniy tutoqib ketgança, undan isbot talab qila boşlabdi. Mark Tven esa uyiga borib, tokçada turgan öşa kitobini ruhoniyga jönatişini aytadi. Bir neç kun ötib, ruhoniyga Mark Tven yuborgan luğat kitobi keladi;






