2016 yil oxiriga qadar Moskva köçalaridagi “Mosgortrans” DUKka tegişli avtobus, tramvay va trolleybuslar Wi-Fi tarmoğiga ulanadi. Internetga yölovçilar bepul ulana oladi.
“Mosgortrans” rahbari Yevgeniy Mixaylovning xabar qilişiça, internetdan bir paytning özida 15-20 kişi foydalana oladi – routerlar aynan mana şu quvvatga möljallanadi. Birinçi marşrutlar fevraldayoq tarmoq bilan ta'minlanadi, ammo ularni sinovdan ötkaziş uçun vaqt talab qilinadi.
2013 yildan beri Moskva metrosida bepul Wi-Fi işlaydi. Bundan taşqari, bir qator yirik boğ va maydonlarda bu narsa taşkil qilingan. Joriy yilda, şuningdek, Moskvadagi bir qança qabristonlar tarmoqqa ulanadi.






