Paramount studiyasi “Terminator” sikvelini 2017 yil relizlari grafigidan olib taşladi, deb xabar beradi The Hollywood Reporter naşri. Fantastik film 2017 yil 19 mayida prokatga çiqarilişi kutilayotgan edi. Endi uning örnini “Malibu qutqaruvçilari” töliq metrajli animatsion filmi egallaydi.
Franşizaning hozirça oxirgi qismi bölmiş “Terminator: Genezis” köpçilikka ma'qul kelmagan edi. Jahon prokatida u 440 mln dollar, Şimoliy Amerikada esa 89 mln dollar işlab topdi. Boş rollarni Arnold Şvartsenegger, Emiliya Klark, Jyeyson Klark va Jay Kortni ijro etişgan.






