Rossiya banki 22 yanvar kuni uçun 1 dollarni 83,54 rublga teng deb belgiladi. Bu esa dollarning rasmiy kursi 1 kun içida 4 rublga ösganini körsatadi. Bu haqda Markaziy bank saytida ma'lum qilingan.
Yevro kursi ham 4 rublga oşib, 91,18 rublga yetgan.
Qayd etiş kerakki, bu orqali tarixiy maksimumlar qayd etildi.
Bivalyuta savati narxi ham mutlaq maksimumni yangiladi va 87 rubldan oşdi.
Bugun Moskva birjasida 1 dollar 84,43 rublga sotilmoqda. Dollar va yevro narxlari birjada 1 kun oldingidagidan 3 va 3,3 rubl miqdorlarida oşgan.
Rublning narxi tuşib ketişiga dunyo bozorida neftning narxi arzonlaşayotgani sabab bölmoqda.
ICE birjasida bugungi savdo çoğida Brent markali neft fyuçersining narxi yana 0,36 foizga tuşdi. Ya'ni hozir savdo qilinayotgan neft şu yilning mart oyida barreliga 27,78 dollardan yetkazib beriladi.
WTI turidagi neft narxi Nyu-York tovar birjasida (NYMEX) bir barreli 28,21 dollarga (0,496 foizlik tuşiş) baholangan.
Yil boşidan buyon neft narxi 24 foizga arzonlaşgan.






