AQŞning Texas ştati hukumati 15 yil avval qotillik amalga oşirgani uçun sudlangan erkakni qatl etdi. 2016 yildagi ilk qatl bölgan bu jazo ölimga olib keluvçi inʼeksiya kiritiş yöli bilan amalga oşirildi.

2015 yilda şunday yöl bilan 13, AQŞ böyiça esa 28 jinoyatçi qatl etilgan.

Qatl etilgan 43 yoşli mahbus Riçard Masterson 2001 yil yanvarida parodiyalar bilan kun keçirgan va öz parodiyalarini odatda ayollar qiyofasida ijro etgan 35 yoşli Darin Şeyn Xanikattning qotilligida aybdor deb topilgan.

Sud materiallariga köra, Masterson özining qurboni maşinasini öğirlab ketgan va uni Jorjiya ştatida taşlab ketgan. U bir haftadan keyin boşqa öğirlangan maşinada Floridada qölga olingan. Öğirlangan maşina egasi jinoyatçi uni talaşdan oldin, uni öziga rom etib, u bilan yaqin aloqada böliş paytida uni böğib qöyişiga bir baxya qolganini aytgan. Jinoyatçining birinçi qurboni Xanikatt aynan şunday usul bilan öldirilgan.

Umumiy hisobda AQŞning 31 ştatida ölim jazosiga ruxsat berilgan. Ölim jazosi yana qöllana boşlagan 1976 yildan 2015 yil sentabrigaça AQŞda 1400 jinoyatçi qatl etilgan.