"Arsenal" jamoasi boş murabbiyi Arsen Venger Britaniya antidoping agentligiga çaqirilişi mumkin. Bu haqda The Guardain naşri xabar tarqatgan.
Agentlik Vengerning futbolda doping muammosi tarqalayotgani haqidagi çiqişlariga diqqatini qaratgan holda uning fikrlari bilan tanişmoqçi.
"Biz uçun Venger bilan gaplaşiş qiziqarli. Avval eşitganlarimiz va öqiganlarimizni endi uning tilidan tinglamoqçimiz. Öylaymanki, heç qaysi sport turi heç qayerda dopingdan xoli böla olmaydi. Bizning ligada köpdan köp tölovlar va telekanallardan keladigan daromaddan uluşlar ajratiladi. Jamoalar va futbolçilar bu mablağlarga ega böliş uçun dopingdan foydalanişi mumkin bölgan iş", deydi agentlik rahbari Nikol Sepstid.
Venger UYeFAni dopingga qarşi kuraş böyiça qoidalari uçun tanqid qildi
Venger APLda mehmon jamoalarning ğalaba qozonişi holatlari ortganiga izoh berdi






