Aktyor Uill Smit ham “Oskar” mukofoti taqdimoti boykotiga qöşildi. Hollywood Life naşrining ma'lum qilişiça, aktyor bu haqda “Xayrli tong, Amerika” körsatuvida ma'lum qildi.

Smitning aytişiça, agar u va uning rafiqasi Jada Pinkett Smit “Oskar” bilan vujudga kelgan mojarodan keyin taqdimotga taşrif buyursalar, unda ular aslida ularni aççiqlantirgan vaziyatga könganlaridek tasavvur paydo bölişi mumkin.

Smitning ta'kidlaşiça, bu holat uning “Himoyaçi” filmidagi roli “Oskar”ga qöyilmaganiga heç qanday aloqasi yöq. Aktyorning aytişiça, agar uning nomzodini “Oskar” mukofotiga da'vogarlar qatoriga qöşişganda ham, u baribir taqdimotni mukofot nomzodlari örtasida xilma-xillik yöqligi sababli boykot qilgan bölardi.

Avvalroq aktyor va komik Kris Rok “Oskar”ga boşlovçilik qilişdan boş tortişga çaqirildi.

Smitning rafiqasi ham “Oskar” bilan boğliq mojaroga tegişli javob bergani uçun kinoakademiyaga minnatdorçilik bildirgani ma'lum qilingandi.