Ayni damda Atlantika okeanning har ikki tomonida qorböronlari kuzatilmoqda. Meteorologlarning fikriça, ötgan 2015 yil kuzatuvlar olib borilayotgan davrdan buyon eng issiq yil bölgan. Sönggi bir yilda Şimoliy yarim şarda harorat 0,2 darajada isigan. Bu kabi global iqlim özgarişi şu kunga qadar qayd etilmagani tan olinmoqda. Olimlarning fikriça, 2016 yil yanada issiq bölişi mumkin. Qiş faslida Yevropa va AQŞdagi ğayritabiiy qorböronlarini körib, yoz faslida kunlar isib ketişiga işoniş mumkin. Atlantika okeanining har ikki qirğoqlarida kuzatilayotgan ğayritabiiy qorböronlariga havo oqimi yönalişining özgargani sabab bölgani aytilmoqda.

Yangi yil kirib kelişi bilan AQŞning şimoliy-ğarbiy mintaqalari kuçli qorböronlari qurşovida qoldi. Mamlakatning nisbatan issiq bölgan Şarqiy sohillarida ham kunlar sovib ketdi. Qorböronlari yaqinlaşayotgani bois AQŞ aviakompaniyalari bugun minglab samolyot parvozlarini bekor qildi. United Airlines aviakompaniyasi mamlakatning Örtaatlantika mintaqasiga amalga oşirilişi kutilgan barça parvozlar mahalliy vaqt bilan soat 16.00dan boşlab bekor qilinganini bildirdi. Boşqa - American Airlines, Southwest Airlines va Delta aviakompaniyalari ham xuddi şu kabi yöl tutişi aniq. Önlab aeroportlar, jumladan Vaşington va uning atrofidagi mintaqalarda joylaşgan aeroportlar ob-xavo yaxşilangunga qadar parvozlar bekor qilinişi borasida yölovçilarni ogohlantirdi. Bu kabi holatlarda yölovçilar çiptalarini qaytarişlari yoki boşqa kunga almaştirişlari mumkin.
Mutaxassislarning sözlariga qaraganda, juma va şanba kunlari AQŞda kuçli qorböronlari yuz beradi. Bir qator mintaqalarda 60 santimetrgaça qor yoğişi mumkinligi aytilmoqda. Bu kabi hodisa 1922 yildan beri şu kunga qadar kuzatilmagan edi. Eng köp qor Vaşingtonga tuşadi. Şuningdek, Nyu-York, Filadelfiya, Baltimor va Şarlot şaharlari ham tabiat injiqliklari bilan töqnaş kelişi kutilmoqda. Vaşington meri Myuriyel Bauzer şaxarda duşanbaga qadar favqulodda holat joriy qildi. Virjiniya va Merilend ştatlarida ham şu kabi çoralar körildi.
AQŞ milliy gvardiyasi (içki qöşinlari) Virjiniya ştatida yuz beradigan qorböronlari talofatlarini bartaraf etişga jalb qilinadi. Bu haqda Pentagon rasmiylari bayonot bilan çiqdi. Virjiniyada tabiiy ofatga qarşi Milliy gvardiyaning 500ga yaqin xodimi jalb qilinadigan böldi. Ular odamlarni xavfsiz joyga olib çiqiş, yöllarni qulab tuşgan daraxtlardan tozalaş, jabrdiydalarga oziq-ovqat tarqatiş bilan şuğullanadilar. Sönggi bor Milliy gvardiya 2015 yil mart oyida şu kabi işlarni bajargan edi.







