ŞHT kotibiyatida taşkilotning yangi boş kotibi Raşid Alimov hamda Özbekistonning Xitoydagi favqulodda va muxtor elçisi Doniyor Qurbonov bilan uçraşuv taşkil etildi. Bu haqda sectsco.org xabar bergan.
Uçraşuv vaqtida Toşkentda şu yilning yozida ötkaziladigan ŞHT sammitiga tayyorgarlik işlari hamda boşqa dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Tomonlar ŞHTning dunyo sahnasida nufuzi ortayotganini qayd etişib, kuzatuvçi davlatlar bilan xalqaro va hududiy munosabatlarda aloqalarning faollaştirilişi zarurligini ta'kidlab ötişgan.
Doniyor Qurbonov ŞHT boş kotibiga yangi vazifasida omad va samarali faoliyat tilagan.






