Fransiyalik velopoygaçi Rober Sasson 37 yoşida vafot etdi. U saraton xastaligiga qarşi uzoq vaqt davom etgan kuraşdan söng köz yumgan. Bu haqda 21 yanvar kuni Le Figaro naşrida xabar berilgan.
U 2001 yilda ötkazilgan jahon çempionatida ğolib bölgandi. Sasson şuningdek, 2000 yilgi Sidney olimpiadasida iştirok etgan.

Marhum sportçi 2000 yildan 2004 yilgaça Cofidis jamoasi tarkibida faoliyat yuritgan. 2004 yilda doping bilan boğliq şov-şuvdan söng 2 yilga diskvalifikatsiya qilingan edi. Şundan söng u professional sportçi sifatidagi faoliyatini yakunlagandi.
Sasson Cofidis jamoasining keyingi 13 yil içida olamdan ötgan törtinçi vakili böldi. 2003 yilda poyga vaqtida olingan jarohat tufayli qozoğistonlik sportçi Andrey Kivilev 29 yoşida vafot etgan. 2009 yilda esa belgiyalik Frank Vandenbruk 40 yoşida öpka emboliyasi tufayli olamdan ötgan. 2013 yilda esa fransiyalik sobiq velopoygaçi Filipp Gomon 40 yoşida yurak xuruji tufayli dunyoni tark etgandi.






