Bugun Qatarning "Al Jayiş" klubi Dohada Rossiyaning "Zenit" klubiga qarşi örtoqlik uçraşuvini ötkazdi.
Rossiya çempionlari 12 yanvar kuni Doha şahridagi yiğinni boşlaşgan. Bunga qadar "Zenit" "Lahviya"ga qarşi öynagandi.
Bugungi öyinda Özbekiston terma jamoasi a'zosi Sardor Raşidov va uning jamoadoşlari piterliklarga qarşi hisobda oldinda bora turib, yakunda yirik hisobdagi mağlubiyatni qabul qilib oldi.
Dastlab öyinning 29 daqiqasida qatarliklarning braziliyalik legioneri Romariu da Silva hisobni oçdi. Öyinning sönggi 10 daqiqaligida esa "Zenit"ning zaxiradan maydonga tuşgan futbolçilari raqiblar darvozasiga 4ta gol yöllaşdi - 1:4.
Doha (Qatar)
Örtoqlik uçraşuvi
"Zenit (Rossiya) – "Al-Jayiş" (Qatar) – 4:1 (0:1)
Gollar: Romariu da Silva, 29 (0:1). Bogayev, 84 (1:1). Dolgov, 86 (2:1). Garsiya, 90 (3:1). Zinkov, 90+2 (4:1).
«Zenit»: Lodigin (Kerjakov, 46), Krişito, Ivanov (Dolgov, 57), Netu (Lomberts, 26), Garay (Zuyev, 81), Anyukov (Maurisio, 74), Garsiya, Yusupov (Zinkov, 65), Danni (Andreyev, 88), Xalk (Ponikarov, 88), Dzyuba (Bogayev, 65).






