Rossiya Soğliqni saqlaş vazirligi grippni örganiş ilmiy-tadqiqot instituti xulosasida Rossiyada körinişiça gripp epidemiyasi boşlanayotgani aytilmoqda.
Olimlarning aytişiça, epidemiyaning boşlanayotganidan bir neçta omillar darak bermoqda. Dekabrning 3-haftasi kuzatuvlari natijalariga köra, Rossiya uçun epidemiologik çegara örataça 2,8 foizga, bolalar örtasida esa 16,9 foizga oşib ketgan. Vaziyatning rivojlanişi haqida yaqin kunlarda xulosa çiqariş mumkin.
Avvalroq Rospotrebnadzor Sankt-Peterburgda gripp epidemiyasi boşlanganini ma'lum qilgandi. Ma'lum qilinişiça, gripp va boşqa ötkir respirator virus infeksiyalari bilan kasallaniş bir hafta içida epidemik darajaga yetgan.
Boş vazirning ijtimoiy masalalar böyiça örinbosari Olga Golodets Rossiyada gripp bilan kasallaniş vaziyati “maqbul darajada ” ekanligini aytdi. Şifokorlar gripp vaksinasiga joriy yilda eng keng tarqalgan gripp virusi ştammlarini kiritişgan, biroq oxirgi vaqtlarda aholi örtasida emlaşdan boş tortiş tendensiyasi kuzatilmoqda.
“Bizda emlanmaslikka moda paydo böldi. Hattoki aholining murakkab guruhlari, jumladan bolalar örtasida juda köplar emlanişdan boş tortmoqda”, deb aytmoqda Golodets. Golodetsning aytişiça, ölim bilan tugagan holatlar aynan emlanmaslik bilan boğliq bölmoqda.






