Qarşi şahar sudi fuqaro Şohista Ismoilova hamda öğli Humoyunning öldirib ketilişi bilan boğliq jinoiy iş yuzasidan hukm çiqardi. Bu haqda “Darakçi” naşri yozmoqda.
Aytilişiça, Şohista Ismoilova şahardagi Yerqörğon bozorida savdo qiliş barobarida uzoq yillardan buyon sudxörlik qilib ham kelgan. Topilgan pullarga hovlisidan uç qavatli danğillama bino qurgan.
Bir kuni qarşilik Islom Hamidov ayoldan 100 dollar ustiga qöşib beriş şarti bilan 10 kunga 3 mln söm qarz olgan, garov tariqasida BMW 520 maşinasini taşlab ketgan. Ammo pullarni keltirganida Ismoilova “keçikding, yana 1 mln söm qöşib bermasang, boşingga xotinlarning içki kiyimini kiydiraman” qabilida şallaqilik qilgan. Erkak pulni olib kelib bergan, ammo dilida alami qolib ketgan.
Islom Hamidov ukasi Oybek bilan kelişgan holda sudxörning uyiga tunda bostirib kirib, uni va öğlini qatl qilgan.
Sud qarori bilan jinoyatçilar uzoq yillarga ozodlikdan mahrum qilindi.






